O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga keng ko‘lamli konsullik xizmatlarini ko‘rsatadi. Shuningdek, AQSh fuqarolari va boshqa xorijiy davlat fuqarolari uchun viza xizmatlari amalga oshiriladi.
🌎 Hududiy xizmat ko‘rsatish doirasi
Bosh konsulxona quyidagi AQSh shtatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi:
- Vashington
- Oregon
- Aydaho
- Montana
Ushbu shtatlardan tashqarida yashovchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining Vashingtondagi Elchixonasi yoki Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari so‘raladi.
📞 Aloqa ma’lumotlari
- Telefon: (206) 529-7417
- E-mail: info@uzconsulwa.org
- Telegram: @consuluzwa
- Veb-sayt: www.uzconsulwa.org
🕘 Qabul va ish vaqti
| Konsullik bo‘limi: | Dushanba – Juma | 09:00 – 13:00 |
| Telefon orqali murojaatlar: | Dushanba – Juma | 09:00 – 13:00 |
📌 Eslatma: AQSh va O‘zbekiston Respublikasining rasmiy bayram kunlarida fuqarolar qabul qilinmaydi.
👤 Rasmiy vakillar
Konsul: Ikromov Iskandarbek
Bosh konsul: Burxanov Axror To‘xirovich
Juma | 11:00 – 12:00
(Oldindan kelishilgan holda)
📦 Hujjatlarni pochta orqali yuborish tartibi
Konsullik bo‘limiga hujjatlar pochta orqali yuborilganda quyidagi talablarga rioya qilish zarur:
Kerakli hujjatlar va ma’lumotlar
- Qabul qiluvchining to‘liq ism-familiyasi
- To‘liq manzil va telefon raqami
- Oldindan to‘langan Shipping Label (bar kodli etiket)
- Qaytarish uchun oldindan to‘langan konvert
Muhim eslatmalar
- Ba’zi pochta xizmatlarida Shipping Label amal qilish muddati 3 oy bilan cheklangan.
- Konsullik xizmatlari jarayonlari 3 oydan ortiq davom etishi mumkin.
- Hujjat yuborishdan oldin pochta xizmati bilan amal qilish muddatini aniqlashtirish tavsiya etiladi.
- Konsullik bo‘limi pochta orqali yuborilgan hujjatlarning yo‘qolishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
🏛 O‘zbekiston Respublikasining Elchixonasi (Washington, D.C.)
Manzil:
1746 Massachusetts Avenue NW,
Washington, DC 20036
- Tel: (202) 887-5300 (ext. 1)
- Fax: (202) 293-9633 / (202) 293-6804
- Email: consul.washington@mfa.uz
- Telegram: @ElchixonaUz
- Veb-sayt: www.uzbekistan.org
- Favqulodda aloqa: +1 (202) 251-8298
🏢 O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi (New York)
Manzil:
801 Second Avenue, 20-qavat,
New York, NY 10017 (Manhattan)
- (212) 754-7403 ext. 107, 109
- (212) 754-7168 ext. 107, 109
- Veb-sayt: www.uzbekconsulny.org
- Faqat favqulodda holatlar uchun: (347) 217-4406
- Faqat favqulodda holatlar uchun: (917) 539-4664