O‘zbekiston Respublikasining Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi O‘zbekistonning boy tarixi, milliy qadriyatlari va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bosh konsulxona tomonidan turli madaniy tadbirlar, uchrashuvlar, taqdimotlar va hamkorlik loyihalari orqali O‘zbekistonning tarixiy obidalari, milliy san’ati, an’analari va zamonaviy taraqqiyoti haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berib boriladi.
Shuningdek, mahalliy tashkilotlar, ta’lim muassasalari va hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuvni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar muntazam amalga oshirilmoqda.
Bosh konsulxona O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lida faol ish olib borishda davom etadi.
Yangiliklarimizni kuzatib boring va bo‘lajak tadbirlarda ishtirok eting!






iuouoiu